“TURKIY TILLARDA ILMIY-QIYOSIY TADQIQOTLAR VA METODOLOGIYA”
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
AXBOROT XATI
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2026-yil 16-yanvardagi 11-son buyrug‘iga (№ 287) muvofiq xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan ilmiy tadbirlar rejasiga asosan Chirchiq davlat pedagogika universiteti Gumanitar fanlar fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi xalqaro qozoq-turk universiteti hamkorligida
2026-yil 15-oktabr soat 10.00 da
“TURKIY TILLARDA ILMIY-QIYOSIY TADQIQOTLAR VA METODOLOGIYA”
mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan
Anjumanning asosiy maqsadi – turkiy tillar oilasiga mansub tillarning o‘zaro qiyosiy tahlili orqali ularning umumiy lingvistik xususiyatlari va milliy-madaniy o‘ziga xosliklarini aniqlash, zamonaviy lingvistika metodologiyalari negizida tadqiqotlar olib borish hamda turkiy tillar nufuzini oshirish yo‘llarini belgilashdan iborat.
Anjumanning asosiy vazifasi –Turkiyshunoslikning nazariy asoslarini rivojlantirish, zamonaviy lingvistika va raqamli texnologiyalar vositasida turkiy tillarning global axborot makonidagi nufuzini oshirishga xizmat qiladigan amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish, turkiy xalqlar tiliga oid ilmiy tadqiqot olib borayotgan yetakchi olimlar, filolog mutaxassislar va yosh izlanuvchilarning yangi natijalarini muhokama etish, shuningdek, mahalliy va xalqaro ilmiy markazlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, qo‘shma ilmiy loyihalar va raqamli resurslar yaratishdan iborat.
Shu munosabat bilan oliy ta’lim tizimida faoliyat olib borayotgan barcha professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar, shuningdek, magistrant va talabalarni ushbu konferensiyada faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Anjumanga quyidagi sho‘balar bo‘yicha materiallar qabul qilinadi:
1-sho‘ba: Turkiy xalqlar tili va adabiyoti: tadqiq, tahlil va talqin muammolari;
2-sho‘ba: Zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalari;
3-sho‘ba: Til va adabiyot ta’limi metodologiyasi va integratsion yondashuvlar.
4-sho‘ba: Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik.
Anjumanning rasmiy tillari: o‘zbek, ingliz, rus va barcha turkiy tillar.
Maqolani tayyorlashga qo‘yiladigan talablar:
- ilmiy axborot hajmi – 3 betdan kam bo‘lmasligi kerak;
- maqola matni Doc formatida, 1 intervalda, o‘ng tomondan – 15 mm, chap tomondan – 30 mm, yuqori va pastdan – 20 mm hoshiya qoldirilib, Times New Roman 12 kegl shriftda tayyorlanadi;
- maqola nomi 12 so‘zdan ortmasligi va katta harflar bilan berilishi lozim;
- maqola annotatsiyasi 50-60 so‘zdan iborat bo‘lishi, ingliz yoki rus tillarida keltirilishi lozim;
- annotatsiyadan so‘ng kamida 5-7 ta kalit so‘z berilishi, ingliz yoki rus tillarida keltirilishi zarur.
Muallif haqida ma’lumotlar: Maqola nomidan 1 interval pastda, o‘ng tomonda muallifning familiyasi, ismi va otasining ismi qoraytirilgan harflar bilan, keyingi qatorlarda muallifning ilmiy darajasi, unvoni, tashkilot nomi va elektron manzili qiya harflar (kursiv)da ko‘rsatilishi maqsadga muvofiq.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va havola keltirish tartibi:
- iqtibosdan so‘ng to‘rtburchak qavs ichida manbaning adabiyotlar ro‘yxatida keltirilgan tartib raqami va manba sahifasi ko‘rsatiladi. Namuna: [1: 23];
- foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati matn so‘ngida namunada ko‘rsatilgan tartibda beriladi.
Maqola matnida keltirilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga mualliflar javobgar. Ijobiy xulosalangan va nashrga tavsiya qilingan maqola mualliflariga to‘lov rekvizitlari yuboriladi.
Konferensiya materiallari Google Schoolarda indekslanadi, har bir maqola uchun DOI raqami, ustozlar uchun alohida internet URL manzili hamda anjuman ishtirokchilariga sertifikat taqdim etiladi.
Anjumanda ishtirok etish shakli: Anjuman an’anaviy shaklda hamda ZOOM platformasi orqali tashkil qilinadi.
Anjumanda ishtirok etish shartlari:
Anjumanda ishtirok etish uchun maqola va tezislar 2026-yil 5-oktabrgacha qabul qilinadi.
Tashkiliy qo‘mita materiallarni texnik tahrir qilish, shuningdek, maqola qabul qilinmagan taqdirda bu bo‘yicha izoh bermaslik huquqiga ega.
Maqola va tezislar uchun badal to‘lovi:
1. Professor-o‘qituvchilar, doktorant, mustaqil izlanuvchi, magistrlar uchun – 120 000 (bir yuz yigirma ming) so‘m.
2. Talabalar uchun – 70 000 (yetmish ming) so‘m.
To‘lovlar uchun plastik karta raqami – 9860 0101 3011 7194 (Saidov O‘lmas Raxmatovich). To‘lovdan keyin chekni yuborishingizni so‘raymiz.
Maqola va tezislar 2026-yil 5-oktabrga qadar saidov7502@gmail.com elektron pochta yoki +99899 234-75-24 (Murodova Firiza Jalolovna), +99890 906-39-07 (Duysebayeva Dilbar Uskanovna) telegram orqali qabul qilinadi.
Manzil: Chirchiq shahar Amir Temur ko‘chasi 104-uy.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti
MUROJAAT UCHUN TELEFONLAR VA ELEKTRON MANZIL
Konferensiya uchun ariza yuborish havolasi: https://yangi.cspu.uz/filologik-talim
Tezislar yuborish va to‘lov masalalari bo‘yicha
quyidagi raqamlarga murojaat qilishingiz so‘raladi:
Murodova Firuza Jalolovna +998 99 234 75 24 | Muxtarova Shaxnoza Mashrabovna +998 91 776 57 58 |
Duysebayeva Dilbar Uskanovna +998 90 906 39 07 | Jarasbayev Nurkeldi Abdurashid o‘g‘li +998 97 754 04 94 |
I. Bakü Türkoloji Kongresi’nin 100. yılı dolayısıyla düzenlenecek V. Genç Türkologlar Çalıştayı
“TURKIY TILLARDA ILMIY-QIYOSIY TADQIQOTLAR VA METODOLOGIYA”
II. Uluslararası Türk Dünyasında Kültürel Miras ve Aktarımı Sempozyumu
III. ULUSLARARASI SEMPOZYUM Kazak Dili – Bilim Dili: Digital Qazaqstan Döneminde Bilimsel Dönüşüm 